Saylov, korrupsiya va bugungi haqiqat - Salohiddin Usmonov bilan suhbat

Islom Karimovning prezidentlikda qolishga haqqi yo'q, bu saylov - shou, deydi Salohiddin Usmonov, muxolifatchi, virtual-muqobil nomzodlardan biri

Islom Karimovning prezidentlikda qolishga haqqi yo'q, bu saylov - shou, deydi Salohiddin Usmonov, muxolifatchi, virtual-muqobil nomzodlardan biri, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

45 yoshli Salohiddin Usmonov Farg'ona viloyatidan. Oliy ma'lumotni Kiyev va Moskvada olgan. Gidromelioratsiya, ya'ni suv va yer sohasi egasi, shuningdek, moliya va huquq bo'yicha mutaxassis. Ayni damda Rossiyada yashaydi va o'zbek muxolifatchilari asos solgan tashkilot - O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash jamg'armasining ijrochi direktori.

Usmonov mamlakatda prezident saylovlari kampaniyasiga parallel ravishda xorijda olib borilgan virtual tanlovda qatnashdi. 12 muqobil nomzoddan biri bo'ldi.

Xakerlar hujumi sabab Virtual saylov komissiyasining sayti ishdan to'xtadi, ammo tashkilotchilarning aytishicha, ko'zlangan maqsadga erishildi: erkinlik bo'lsa, o'zbeklar demokratik jarayonlarni eplay oladi; amaldagi rahbar va uning siyosatiga muqobil shaxs va g'oyalar bor. Virtual saylovda bu ozmi-ko'pmi o'z isbotini topdi, deydi faollar. Natijalar bilan mana bu yerda tanishish mumkin: http://virtualuzbekistan.org/ Endilikda muxolifat yangi virtual koalitsiya tuzmoqchi.

Islom Karimovning prezidentlikda qolishga haqqi yo'q, bu saylov - shou, deydi Salohiddin Usmonov. Bosh qomus bir kishi faqat ikki muddat prezident bo'lishiga ruxsat beradi.

Konstitutsion o'zgartirishlar orqali muddatni uzaytirib, keyin yana qisqartirib va har safar bu umuman yangi bir muddat va shu bois ham Karimov qayta saylanishga haqli deyish, muxolifat nazarida, ko'zbo'yamachilik, xalqning ustidan kulish va qonunni oyoqosti qilishdir.

Salohiddin Usmonov fikricha korrupsiyaga qarshi real va konkret kurash olib borilsa, mamlakatdagi vaziyatni tubdan yaxshilash mumkin. Hozir buning uchun siyosiy iroda yetishmaydi, deydi u, chunki yulg'ichlikka nisbatan qonuniy choralar ko'rish O'zbekistonda hukmron guruh manfaatlariga ziddir.

O'zbekistonda jinoiy tizimlarga qarshi ketayotgan kampaniya elitadagi ichki nizolarga borib taqaladi, bu - korrupsiyaning ildiziga bolta urush emas, deydi Usmonov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Xorijda o’tirgan, yurtga kela olmaydigan odamlarning nomzod bo’lishidan nima foyda? Virtual saylov va nomzodlarga qarab ensasi qotayotgan yurtdoshlaringizga nima deysiz?

Karimov prezidentlikka qayta saylanib, faoliyatini davom ettirishiga shubha yo’q. Siz va safdoshlaringiz nima qila oladi bu reallik oldida?

Xalqaro hamjamiyat O'zbekistondagi haqiqatni bilsin deysiz, lekin tashqi dunyo nima qilib berishi mumkin?

Marhamat, muloqotimizni tinglang:

Your browser doesn’t support HTML5

Salohiddin Usmonov - O'zbekiston - Prezident Saylovlari - Navbahor Imamova