Amerika sohilbo'yi shtatlari to'fon xavfi ostida

  • Amerika Ovozi

“Sandy” deb nomlangan qudratli siklon Floridadan Nyu-Gempshirgacha bo’lgan katta hududga tahdid solmoqda.

Atlantika okeanida vujudga kelgan kuchli to’fon Amerikaning sohilbo’yi shtatlari tomon yo’nalgan. Dushanba kuni yetib keladi, deydi meteorologlar.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 27-oktabr, 2012


“Sandy” deb nomlangan qudratli siklon Floridadan Nyu-Gempshirgacha bo’lgan katta hududga xavf solmoqda.

“Sandy” Karib dengizidagi orol-davlatlarga katta zarar keltirdi. 43 kishi nobud bo’ldi. Bagama orollari, Kuba, Gaiti va Yamayka aziyat chekdi.

Qo’shma Shtatlar aholisi yog’ingarchilik va toshqinlarga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Poytaxt Vashington, shuningdek Nyu-York, Merilend, Virjiniya va Shimoliy Karolina shtatlarida favqulodda holat e’lon qilingan.

Kompaniyalar jamoatchilikni elektr tarmoqlari ishdan chiqishi, ichimlik suvi ta’minoti uzilib qolishi mumkin deya ogohlantirmoqda.

“Sandy” to’foni Delaver va Nyu-Jersi shtatlariga qattiq zarba berishi kutilmoqda.

Prezident saylovi 6-noyabrda. Nomzodlar targ’ibotga zo’r berar ekan, to’fon sabab ko’plab tadbirlar bekor qilingan.

Federal hukumat shtatlarga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini qayd etmoqda.