Saudiya Arabistonida ayollar uchun shaharcha quriladi

  • Amerika Ovozi
Saudiya Arabistoni sharqdagi Hafuf shahrida ayollar uchun alohida shaharcha qurishni rejalamoqda. Bu bilan qirollik islom qoidalarini buzmagan holda ayollarga ishlash uchun imkoniyat yaratmoqchi.

Shariat ayol kishining ishlashini taqiqlamaydi, ammo nomahram erkak bilan yonma-yon turishi mumkin emas.

Yangi shaharchada esa faqat ayollar ishlaydi, kompaniya va korxonalar faqat ayollardan iborat bo’ladi.

Qurilish kelasi yil boshida boshlanadi. Loyiha qiymati 125 million dollar bo’lib, rejaga ko’ra, 5000 ayol to’qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqatni qayta ishlash sohalarida band bo’ladi.

Saudiyada ishchi kuchining 15 foizi ayollar.