"Islomiy davlat" guruhi Saudiya Arabistonida masjidni portlatdi

  • Amerika Ovozi

Qatif, Saudiya Arabistoni

Saudiya Arabistoni sharqida shialar masjidida portlash ro'y berib, yigirma kishi o'lgan. 50 dan ziyod odam jarohatlangan.

"Islomiy davlat" to'dasi portlash uning ishi ekanini da'vo qilayapti.

Xuruj Qatif shahridagi Imom Ali masjidida sodir etilgan. Guvohlarning aytishicha, beliga portlovchi moslama bog'lagan odam o'zini portlatgan.

Aholisi asosan sunniylardan iborat Saudiya Arabistonida bu kabi hujumlar kamdan-kam ro'y beradi. Mamlakat Iroq va Yaman bilan chegaradosh. Saudiya Arabistoni Yamanda shia isyonchilarga qarshi havo hujumlariga boshchilik qilmoqda.

Bugun, shuningdek, Yaman poytaxti Sanoda shialar masjidi nishonga olingan. O'nlab odamlar yarador. "Islomiy davlat" guruhi bu uning ishi ekanini da'vo qilayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Saudiya Arabiston-AQSh: Ittifoqdan nifoqqa? US Saudia Arabia

Your browser doesn’t support HTML5

Yaqin Sharqda vaziyat tobora chigal