Bugungi dunyo suratlarda - 21-sentabr, 2022

Hujumga uchragan bozor tashqarisida tirikchilik davom etmoqda. Xarkov. 

Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e'lon qilgandan so'ng namoyishlar. Moskva.

Turkiyadagi eronlik ayol namoyishkorona sochini qirqmoqda. Eronda ro'mol o'ramagan 22 yoshli ayolning o’limi ortidan mamlakat ichkarisi va tashqarisida mavjud tuzumga qarshi namoyishlar avj oldi. Istanbul.

Sohilga chiqib qolgan kitlar. Avstraliya.

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida nutq so'zlamoqda. Nyu-York. 

AQSh sobiq rahbari Bill Klinton Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbatlashdi. Nyu-York, 20-sentabr, 2022.

Tuman. Frankfurt, Germaniya.

Tojik-qirg'iz chegarasidagi qishloqlar. Qirg'iziston.