Bugungi dunyo suratlarda – 28-sentabr, 2023

Ozarbayjon Tog'li Qorabog'da ayirmachi guruhlar ustidan g'alaba qozongani ortidan Armanistonga qochib o'tgan etnik armanlar. Shu kungacha qochqinlar soni 66 mingdan oshgan.

Hindistonda donishmandlik, barqarorlik va omad xudosi sanalgan Ganesha buti dengizga olib ketilmoqda. 10 kun davom etadigan Ganesh Chaturti festivalida fil boshli xudoning tavallud kuni nishonlanadi.

Parijda moda haftaligi

Iroqning Hamdaniya hududida nikoh to'yida yuz bergan yong'indan keyingi manzara
19-Osiyo o'yinlarida mezbon Xitoy vakili
Dehlida kundalik hayot
Toshkent aeroporti yaqinidagi omborxonada portlash qayd etildi. Bir o'smir halok bo'ldi, yuzdan ziyod odam yaralandi.
Gretsiyada toshqindan keyingi manzara
Musiqa diplomatiyasi tashabbusiga start berilgan kun munosabati bilan qo'shiq kuylayotgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, Vashington.