Taniqli hind aktyori Shammi Kapur vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Shammi Kapur

Hindistonda taniqli aktyor va rejissyor Shammi Kapur 79 yoshda vafot etdi. U hind kinosini dunyoga tanitgan mashhur aktyor Radj Kapurning ukasi edi.

Shammi Kapur o'zbek kino muxlislariga "Hukmdor", "Muxabbat kuchi", "Qora shahzoda Ajuba" filmlari orqali tanish. U hind kinematografiyasida raqs va qo'shiqlariga zamonaviy uslub bergan aktyorlardan hisoblanadi.

Marhum san'atkor ilk kinosida 1953-yilda o'ynagan. Uch aka-uka Kapurlardan eng kenjasi, 73 yoshli Shashi Kapur qolgan.