Aktrisa Shirli Templ olamdan o'tdi

  • Amerika Ovozi

Aktrisa Shirli Templ (o'rtada) "Moviy qush" filmida, 1940-yil.

O’tgan asrning 30-yillari bolaligida kino yulduzi sifatida shuhrat qozongan aktrisa Shirli Templ 85 yoshida olamdan o’tdi. U sakkiz yoshga to’lmasdan turib AQShning eng ko’p pul topadigan mashhur filmlarida bosh qahramon rolini ijro etgan.

Shirli Jeyn Templ uch yoshida kashf etilib, filmga taklif etilgan. 1934-yilgacha u AQShning eng mashhur kino yulduziga aylangan edi.

Bolaligida 40 dan ortiq filmda rol ijro etgan Shirli 20 yoshdan o’tgandan so’ng kinoni butunlay tark etishga qaror qiladi.

U 17 yoshida turmush qurib, uch yil o’tgach farzandli bo’ladi. 50-yillarda esa ikkinchi bor turmush qurib, yana ikki nafar farzand ko’radi.

Kinodan ketsa ham, Shirli Templ xalq ko’zidan panada bo’lmadi. U 1969-yil prezident Richard Nikson tomonidan BMTga vakil etib tayinlanadi.

1974-yilda esa prezident Gerald Ford uni Ganaga elchi qilib jo’natadi. 1988-yil yozgan avtobiografiyasida Shirli Ganada qilgan elchiligini hayotidagi "eng yaxshi ish" deb ataydi.

U, shuningdek, 1989-92-yilarda Chexoslovakiyada ham elchilik qilgan.

1998-yil XX asrning eng muvaffaqiyatli bola san’atkori sifatida Templ Kennedi markazi mukofoti bilan taqdirlangan.

http://english.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=phg&id=1848860&w=500&h=427&skin=embeded