Snouden AQSh-Rossiya aloqalarini yanada chigallashtirmoqda

  • Amerika Ovozi
Qo’shma Shtatlar Rossiya hukumatidan norozi. Bu safar kecha Moskvada, Sheremyetevo aeroportida kechgan voqea yuzasidan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 13-iyul, 2013


Obama ma’muriyatining maxfiy kuzatuv dasturini fosh etgan yosh amerikalik Edvard Snouden bir necha kundan beri bu aeroportda o’tiribdi. Maqsadi Rossiyadan vaqtincha boshpana olish va keyinroq Lotin Amerikasida uni taklif qilayotgan mamlakatlardan biriga yo’l olish.

Snouden kecha huquq himoyachilari va siyosiy arboblarni aeroportga chaqirib, ular bilan davra suhbati qildi va yordam so’radi.

Vashington esa bu shaxs unga topshirilishini va sudlanishini istaydi.

Boliviya, Nikaragua va Venesuela – Snoudenni o’z bag’riga olishga tayyor davlatlar. Yigitning pasporti bekor qilingan ekan, uning sayohat qilishi qiyinlashgan.

Kecha prezident Barak Obama Kremlga qo’ng’iroq qilib, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan so’zlashgan.

Kreml shuni bayon qilmoqdaki, Snouden Rossiyaga kirishni istasa, Amerikaga zarar keltirishni xayolidan chiqarishi kerak, ya’ni Putin ma’muriyati bu shaxsni deb AQSh bilan shundoq ham murakkab aloqalarni yanada chigallashtirmoqchi emas.