Ijtimoiy tarmoqlar saylov kampaniyasida kuchli qurol

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Saylov-2016: Ijtimoiy tarmoqlar - strategik vosita

Feysbukdan tortib Tvitter, Instagram va Snepchatgacha bo'lgan ijtimoiy tarmoqlarda hozir AQSh prezidentligi uchun nomzodlar saylovchilar bilan shaxsiy darajada aloqa qilish imkoniyatiga ega. Bunday yangi aloqa platformalari saylov kampaniyalariga qanday ta'sir ko'rsatmoqda?

Ted Kruz tarafdorlari uchun hatto maxsus dastur-ilova yaratilgan.

Saylov kampaniyalari kuchayar ekan, ijtimoiy tarmoqlar an'anaviy kurash usullarini o'zgartirmoqda.

Mobil qurilmalar uchun chiqarilgan "CruzCrew" ilovasi nomzod tarafdorlarini ochko bilan rag'batlantiradi.

"U hammani faol bo'lishga undaydi. Gaplarimizni saylovchilarga to'g'ridan to'g'ri, tahrirsiz yetkazib berish imkoniyatidan xursandmiz", - deydi Kruz kampaniyasining tahlil bo'yicha rahbari Kris Uilson.

Ilova tarafdorlarni faollikka undaydi; ayni paytda Kruz Tvitterda ham yetakchiliki qo'lga kiritishga urinmoqda.

"Faol va bizning yo'limizga ishonishga moyil odamlarni ko'rish bizga huzur baxsh etadi", - deydi Kruz kampaniyasining ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha rahbari Josh Perri.

Kruz strategiyasi o'z samarasini bermoqda: vebsaytga tashriflar soni bo'yicha u respublikachilar orasida yetakchi.

Saylovchilar yangiliklarni ko'proq mobil qurilmalarda o'qishga o'tar ekan, ijtimoiy tarmoqlar saylov kampaniyasining muhim bir qismiga aylanmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida.

Nozmodlar buni yaxshi tushungani uchun barcha tarmoqlarda faol bo'lish harakatida.

"Donald Tramp Tvitter ustasi bo'lgan. Ben Karson esa Feysbukda ilg'or. Hillari Klinton va Berni Sanders emaillarga zo'r bermoqda", - deydi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisi Maykl Kornfild.

Berni Sanders tarafdori Ben Spilbergning aytishicha, ular ko'proq siyosiy jarayondan chetda qolgan odamlar va masalalarga e'tibor qaratmoqda.

"An'anaviy axborot manbalaridan farqli ravishda, istalgan odam o'z ovoziga ega bo'lishi, o'z so'zini tvit qilishi yoki eng ommabop mavzularni kuzatishi mumkin", - deydi u.

Spilberg Sanders uchun har kuni blog va tvitlar yozadi.

"Sanders tvitlari atrofida juda ko'p gap-so'z bo'ladi. Bular mamlakat matbuotiga ham ko'chib, milliy zehniyatda aks etadi", - deydi Spilberg.

Bu esa yangi saylovchilar guruhini yaratib, joriy saylovga eng ko'p ta'sir qiladigan omilga aylanishi mumkin.

"Qaysi siyosatchi saylansa ham, odamlar uni so'roqqa tutib, tvit qilishda davom etadi", - deydi Spilberg.