Janubiy Koreyada koronavirusdan olti odam o'ldi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreyada Yaqin Sharq nafas sindromidan oltinchi odam nobud bo'lgani xabar qilinmoqda. Pnevmoniya bilan kasalxonaga yetkazilgan 80 yoshli otaxonda ushbu virus topilgan.

Sog'liqni saqlash vazirligiga ko'ra, koronavirusga bu mamlakatda 87 odam chalingan. Kasallik tarqalishining oldini olish uchun salkam 2000 maktab yopilgan, yuzlab odam nazorat ostida, ularga uyda o'tirish buyurilgan. Bunday insonlarning harakatlanishi uyali telefon signallari orqali kuzatilmoqda.

Virusning bu turi 2003-yilda tarqalib, minglab odamlarga yuqqan o'tkir nafas sindromiga o'xshab ketadi. Koronavirus ilk bor 2012-yilda Saudiya Arabistonida paydo bo'lib, boshqa mamlakatlarga tarqaldi. Undan hozircha davo yoki vaksina yo'q.