Urushga botgan Janubiy Sudan sanksiyaga yo’liqishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri taraflar murosa stoliga o’tirmasa, sanksiyalar va boshqa jazo choralari bilan yuzlashishi haqida ogohlantirdi.

Mamlakat besh oydan beri urush girdobida – siyosiy va etnik adovat minglab odamlarni hayotdan olib ketgan. AQSh ogohlantirish berdi.
Janubiy Sudanda armiya va isyonchilar neftga boy Bentiu shahri ustida olishmoqda. Bu esa fuqarolik urushini tugatishni maqsad qilgan tinchlik muzokaralariga ziyon qilishi mumkin.

Mamlakat besh oydan beri urush girdobida – siyosiy va etnik adovat minglab odamlarni hayotdan olib ketgan.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri taraflar murosa stoliga o’tirmasa, sanksiyalar va boshqa jazo choralari bilan yuzlashishi haqida ogohlantirdi. Afrika bo’ylab safar qilayotgan diplomat Angolada so’zladi.

Bentiu o’tgan oy isyonchilar qo’liga o’tgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti jangarilarni shaharda yuzlab odamlarni elatiga qarab qirganlikda ayblamoqda. Isyonchilar bu da’voni rad etadi.

Jon Kerri bir necha kun oldin Janubiy Sudanning Juba shahrida bo’lib, tinchlik muloqotini jonlantirishga uringan edi.

Prezident Salvaa Kiir va sobiq vitse-prezident Riek Mashar hokimiyat talashib, natijada yurt urushga tortildi. Mashar Kerrining undovi bilan Kiir bilan gaplashishga ko’ngan, biroq hozir fikridan qaytgani haqida xabarlar bor.