Ispaniya iyuldan xorijlik sayyohlarga ochiladi

  • Amerika Ovozi

Koronavirus pandemiyasi O’rta yer dengizi bo’yidagi mamlakatlarda sayyohlik sohasiga katta zarar yetkazdi. Ulardan biri Ispaniya bo’lib, mamlakat daromadining 14 foizi sayyohlikdan tushadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 27-may, 2020-yil

Bosh vazir Pedro Sanches iqtisodiyotni tiklash maqsadida iyul oyidan boshlab xorijiy sayyohlarni mamlakatga kiritish qarorini e’lon qildi.

Ispaniyada sayyohlarni o’ziga tortadigan ko’plab manzillar bor. Kataloniyaning Kosta-Brava mintaqasida joylashgan Lyoret-de-Mar shahrini har yili bir million sayyoh ziyorat qiladi.

“Markaziy hukumatning mamlakatni chet ellik sayyohlarga ochish haqidagi qarorini olqishlaymiz”, - deydi Lyoret-de-Mar meri Jaume Dulsat.

Dam oluvchilar salomatligini ta’minlash uchun joylarda ayrim xavfsizlik choralari joriy etiladi.

“Plyajlarni uchta zonaga ajratishga qaror qildik. Birida bolali oilalar, ikkinchisida qariyalar, uchinchisida esa juftliklar va do’stlar dam oladi”, - dedi hokim.

Bu yilgi mavsum kech boshlanishini hisobga olganda daromad odatdagidan past bo’lishi kutilmoqda.

Bu yili sayyohlar uchun raqobat kuchli bo’ladi. Gretsiya, Fransiya, Ispaniyaning boshqa mintaqalari oylab uyda qamalib o’tirgan turistlarni o’ziga jalb qilishga qattiq harakat qiladi.