Maktab o'quvchilari yaratayotgan virtual bizneslar

  • Amerika Ovozi

AQShdagi talabalar virtual bizneslar yaratib, shu tarzda sarmoya orqali savdo qilishni yo’lga qo’ymoqda. Yuzlab yosh tadbirkorlar Kaliforniya shtatida o’z virtual kompaniyalarni targ’ib qilmoqda.

Talabalar aslida mavjud bo’lmagan sayohat kompaniyasi reklamasini yaratgan. Unda hatto virtual mijozlar ham bor.

Yoshlar virtual kompaniyalar yaratish bahonasida haqiqiy biznes sirlarini o’rganmoqda.

“Bora-bora muvaffaqiyatli biznes ochish niyatidamiz. Maqsadimiz bir”, - deydi murabbiy Darel Iki.

Yoshlar biznesni boshqarish murakkabligini tezda anglab yetmoqda. Notijorat tashkilotlar global biznes sirlarini o’rgatishda maktablar bilan hamkor.

“Talabalar o’zlari yig’ilishlarni boshqaradi, mutaxasislar bilan uchrashadi, muloqot qiladi, aloqalar o’rnatishadi. Bularning hammas yoshlarni kelajakka tayyorlaydi”, - deydi xalqaro virtual firmadan Nik Chepmen.

Talabalardan birining fikricha biznes boshqarish katta mas’uliyat.

“Ishni, rahbarlar bilan muloqot qilishni bilish muhim. Aks holda kompaniyaniyaga kerak emassiz, -ko’tarilmaysiz”, - deydi Migel Santin.

Biznes rivojlanishi uchun serqirra yondashuv zarur.

“Ishimiz faqat mahsulot sotishdan iborat emas. Daromad qilyapmizmi yoki zarar, shular asosida qancha hujjat, hisobotlar qilinadi”, - deydi murabbiy Stefan Jarvis.

Tadbirkor talabalardan biri qo’lida naqd pul bo’lmasa-da, ko’nikmalarga ega bo’layotganidan xursand.

““Maktab yoshidagi tadbirkorlar tanlovi”da g’oliblikni qo’lga kiritishimda shu ko’nikmalar qo’l keldi. Intervyular, taqdimotlar orqali muloqot qilishni o’rgandim”, - deydi Katalina Garsiya.

Bu yoshlar kelajakda o’z biznesini ochsa-ochmasa, ular uchun katta tajriba berdi.