Shvetsiya 106 yashar afg’onistonlik ayolga qochqinlik maqomini bermadi

  • Amerika Ovozi

106 yashar Bibihol O'zbekiy

Shvetsiya hukumati 106 yashar afg’onistonlik ayolga qochqinlik maqomini bermagach, u deportatsiya qilinishi mumkin.

Bibihol O'zbekiy ismli onaxon afg’on o’zbeklaridan bo’lib, qochqinlik haqidagi arizasi rad etilganidan so’ng miya xurujiga uchradi.

U Shvetsiyaga 2015-yilda borgan, oila a’zolariga ko’ra, ko’zi ojiz, gapira olmaydigan va yura olmaydigan ayolning Afg’onistonga qaytishi mumkin emas.

“Shvetsiya Migratsiya xizmatiga ko’ra, Bibihol notinch Afg’onistonning ancha barqaror hududlariga borishi mumkin. Biroq agentlik tilga olgan Kobul, Hirot, Mozori Sharif Yevropa Ittifoqi migratsiya boshqarmasiga ko’ra ayni damda xavfsiz joylar emas”, - deydi Svetsiyaning qochqinlarga ko’mak berish guruhi vakili Sanna Vestin.

Onaxonning oilasi agentlik qaroriga qarshi da’vo ochdi.