Suriyadagi portlashda isyonchilar qo’mondoni yaralangan

  • Amerika Ovozi
Faollarning aytishicha, Suriya sharqidagi portlashda isyonchilar qo’mondoni Riyod Asaad jarohatlangan.

Ozod Suriya armiyasi yetakchisi Asaad mojaro boshidayoq prezident Bashar al-Assaddan yuz o’girgan harbiylardan.

Bugun, shuningdek, Damashqning harbiy qarorgoh, mehmonxona va davlat televideniyesi joylashgan qismida otishma ro’y berib, bir kishi halok bo’lgan. SANA axborot agentligi olti odam jarohat olganini bildirmoqda.

Bu orada, Suriya muxolifati sobiq rahbari Muaz al-Xatib joriy hafta Qatarda Arab Ligasi majlisida qatnashishini ma’lum qilgan.

Ertaga Doxada boshlanadigan ikki kunlik yig’inda Xatib alohida chiqish qilishi kutilayapti.

U xalqaro hamjamiyat Suriya xalqini prezident Bashar al-Assaddan himoya qilish uchun yetarlicha chora ko’rmayapti deya kecha lavozimidan bo’shagan edi.