Suriya shimoli-sharqidagi portlashda 44 kishi o'ldi

  • Amerika Ovozi

Mideast Syria

Suriya shimoli-sharqidagi Qamishli shahrida kuchli portlash 44 kishini hayotdan olib ketdi. Britaniyadagi Suriya inson huquqlari guruhi ma'lumotiga ko'ra, yuk mashinasiga joylangan bomba kurd xavfsizlik kuchlari binosi yonida portlagan.

Qamishli Turkiya chegarasiga yaqin. Hujumni "Islomiy davlat" jangari guruhi uyushtirganini tan oldi.

Kurdlarning peshmerga deb ataluvchi jangchilari Suriya shimolida bu guruhga qarshi harbiy amaliyotlar olib bormoqda. "Islomiy davlat" ilgari ham bu hududda bir qancha portlashlar uyushtirgan.

Aprel oyida suiqasd xurujida kurd ichki xavfsizlik agentligining olti xodimi halok bo'lgan edi. Iyulda esa Hasaka tumanida ro'y bergan portlashda 16 odam o'lgan.