Suriya muxolifati yagona koalitsiyaga birlashdi

  • Amerika Ovozi

Suriya Milliy kengashi muxolif guruhi rahbari Burxon G'aliun Qatardagi muzokaralar paytida, Doxa, 4-noyabr, 2012-yil.

Suriyadagi muxolif guruhlar Qatarda bir necha kun muzokara qilib, uzoq tortishuvlardan so’ng ittifoq tuzishga kelishib oldi.

Qo’shma Shtatlar bitimni qo’llab-quvvatlamoqda. Bugun muxolif koalitsiya prezidenti va uning o’rinbosari ham saylanishi kutilmoqda.

Suriya muxolifati orasida eng yirigi Suriya milliy kengashi bo’lib, prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi boshqa oppozitsion guruhlardan mustaqil ravishda kurashib kelayotgan edi. AQSh va boshqa homiy davlatlar tarqoq muxolifatni birlashishga chaqirib, aks holda qo’shmicha yordam ko’rsatmasligini aytgandan so’ng guruhlar muzokara stoliga o’tirdi.

Isyonchilar hukumat kuchlari bilan olishishda davom etar ekan, snaryadlardan biri G’o’lan Tepaliklarida Isroil harbiy posti yonida portlagan. Isroil armiyasi Suriyaga o’q otib, tomonlarni ogohlantirgan.

"Bizga qaratilgan hujumga boshqa chidab turmaymiz va kerakli ravishda javob qaytarmiz", deyiladi armiya bayonotida.

Isroil tepaliklarni 1967-yilgi urush oqibatida Suriyadan tortib olgan. O’ziniki deb da’vo qilsa-da, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan.