Suriya muxolifati: Assad ketmasa, urush tugamaydi

  • Amerika Ovozi

Anas al-Abdi, Suriya muxolifati liderlaridan biri, Jeneva, 25-yanvar, 2014

Jenevada Suriya hukumati va muxolifati yuzma-yuz muzokara qildi, yarim soat davomida.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 25-yanvar, 2014


Uch yildan beri bir-biri bilan olishib kelayotgan tomonlarni bir davraga olib kelish oson kechmadi lekin ular gaplashishga majbur, deydi G’arb diplomatlari.

O’zaro gaplashgach, hukumat va muxolifat vakillari BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Brahimiy bilan alohida muloqot qilgan, insonparvarlik yordami xususida.

BMT, Amerika, Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi tomonlarni tinchlikka erishish uchun barcha zarur choralarni ko’rishga undamoqda.

Oppozitsiyaning asosiy sharti – Bashar al-Assad prezidentlikdan ketishi kerak. Hukumat bunga ko’nmayapti.

Qo’shma Shtatlar Suriya muxolifati tarafida, ya’ni Assad ketmasa, urush tinmaydi degan fikrda.

Brahimiy nazarida esa ayni damda bunga erishish mumkin emas va tomonlar avvalo janglar ketayotgan hududlarga insonparvarlik tashkilotlari kirishi va zarur yordam ko’rsatilishi uchun zamin yaratib berishi kerak.

2011-yilning mart oyida boshlangan qo’zg’olon fuqaro urushiga aylanib, bugungacha 100 mingdan oshiq suriyalikning hayotiga zomin bo’ldi. 9 millionga yaqin fuqaro boshpanasiz qoldi.