BMT rasmiysi: Suriyada shu kungacha 5000 dan ziyod odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Navi Pillay

Suriyalik huquq faollarining bildirishicha, mamlakat shimoli-g'arbida xavfsizlik kuchlari 11 odamni o'ldirib, o'ndan ziyodini yaralagan.

BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Navi Pillayning aytishicha, Suriyada bir necha oydan beri davom etayotgan notinchliklarda o'lganlar soni 5000 dan oshgan.

Pillay bugun Nyu-Yorkda Xavfsizlik Kengashi vakillari bilan uchrashib, Suriyadagi zo'ravonliklarni taftish qilishni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni so'ragan.

Uning nazarida Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda.