Suriyada yana 18 namoyishchi o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Suriyada yana 18 namoyishchi o'ldirilgan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari Kengashi Suriya hukumatini o’z xalqiga qarshi mislsiz vahshiyliklarda ayblamoqda. Ularni tergov qilish uchun maxsus vakil tayinlanadi.

Bugun bu mamlakat bo’ylab namoyishchilar nishonga olinib, yana 18 kishi o’ldirilgan. Idlib shahrida xavfsizlik kuchlari va armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan yoshlar to’qnashgan.

Xavfsizlik organlari tomonidan qiynoqqa solingan bolalardan biri

Qozg’olon shu yilning mart oyida boshlangan bo’lsa, bugungacha 4000 dan oshiq odam halok bo’ldi. Bolalar ular orasida yuzlab sonni tashkil etadi.

22 davlat a’zo Arab Ligasi bu davlatga qarshi sanksiyalar qo’yib, prezident Bashar al-Assadni zo’ravonlik yo’lidan qaytishga undamoqda.

Prezident Bashar al-Assad

Lekin Assadning hozirgacha bergan javobi shuki, xavfsizlik organlari qonunni buzgan fuqarolarni nishonga olmoqda. Qozg’olonchilar, deydi u, terroristlar va davlat ularga nisbatan keskin choralar ko’rishga majbur.

Xalqaro hamjamiyat esa Suriyada hukumat yangilanishi, Bashar al-Assad prezidentlikdan ketishi kerak degan fikrda.