"Tojikiston prezidenti mahalliy jurnalistga adolat qilsin"

  • Amerika Ovozi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon

Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti va Tojikiston Mustaqil ommaviy axborot vositalari uyushmasi prezident Emomali Rahmonga maktub yo'llab, sud jarayonini kutayotgan jurnalist Mahmadyusuf Ismoilovni shartli ravishda ozod etishga chaqirmoqda.

Ushbu tashkilotlar nazarida muxbir soxta ayblovlar bilan 2010-yil noyabridan beri qamoqda saqlanmoqda.

Ismoilov diniy va irqiy adovatni qo'zg'atish, haqorat, bo'hton va shantajda ayblanmoqda. Ammo uning himoyachilari nazarida u shimoldagi So'g'd viloyatida mahalliy rasmiylar va sud vakillarining korrupsiya faoliyatini fosh etgan.

Yuqorida nomlari tilga olingan ikki tashkilot prezident Rahmondan jurnalistni adolat bilan sud qilishda yordam so'ramoqda.