Tibetda 600 odam hibsga olingan, bir ayol o'zini yoqqan

  • Amerika Ovozi

Xabarlarga ko'ra, Tibet poytaxti Lxasada Xitoy politsiyasi yuzlab odamlarni ushlagan. Yakshanba kuni ikki tibetlik rasmiy Pekin siyosatiga norozilik bildirib, o'zini yoqqanidan beri kommunistik rejimdan norozilar ta'qibga olinmoqda. Jami 600 ga yaqin odam hibsga olingan. Tibetlik bo'lmaganlar o'lkadan haydalgan.

Inson huquqlari faollariga ko'ra, bugun Lxasada uch bolaning onasi ham monastir oldida o'ziga o't qo'yib, o'lgan.

Tibetliklar o'lkaning diniy rahnamosi Dalay Lamaning yurtiga qaytishini ham talab qilmoqda. Pekin nazarida tibetliklarni xorijdan turib yo'ldan urishmoqda. O'ziga o't qo'yishlar chetdan boshqarilmoqda va o'lkada bo'lginchilik kayfiyatini kuchaytirishga qaratilgan, deydi hukumat.