Farhod Tolipov: O'zbekiston qo'shnilar bilan hamkorlikni mustahkamlashi kerak

Siyosatshunos Farhod Tolipov "Amerika Ovozi"da jurnalist Navbahor Imamova bilan suhbatda, 15-noyabr, 2013m Vashington

Mustaqil O’zbekistonning birinchi professional siyosatshunosi... Farhod Tolipovni amerikalik kasbdoshlari shunday ta’riflaydi.

AQSh tashqi siyosati bo’yicha milliy qo’mita uni Vashingtonga taklif qilib, uning Afg’oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikrlari bilan qiziqdi.

Amerika afg’on zaminidan o’z qo’shinlarini olib chiqqach, u Markaziy Osiyoda qanday rol o’ynashi mumkin? Hamkorlik nimaga asoslanishi kerak? Bu davlat mintaqaga qay sohalarda yordam bera oladi?

Farhod Tolipov nazarida Vashington oldida imkoniyatlar talay. Rossiya va Xitoyning mintaqadagi roli va ta’siri beqiyos, ammo Amerikaning o’ziga xos o’rni bor.

Avvalo, O’zbekiston singari jamiyatlardagi siyosiy dinamika va real vaziyatni tushunish lozim.

Olim "Amerika Ovozi" bilan suhbatda mintaqaviy integratsiya, O'zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yo'nalishlar, respublikada siyosiy tahlil va siyosatshunoslik saviyasi qanday ekani haqida ham o'z fikrlarini bildirdi. Marhamat, tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbat/Interview with Farkhad Tolipov, Uzbek political scientist - Original


Your browser doesn’t support HTML5

Siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbat/Interview with Farkhad Tolipov, Uzbek political scientist