"Facebook" Tramp sahifasiga oid taqiqni o'z kuchida qoldirdi

  • Amerika Ovozi

“Facebook” kompaniyasining nazorat kengashi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning ijtimoiy sahifasiga qo’yilgan taqiqni o’z kuchida qoldirishga qaror qildi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 6-may, 2021-yil

Bunday qaror ijtimoiy sahifalardan foydalanayotgan davlat rahbarlarini muayyan qoidalarga rioya qilishda hushyor bo’lishga undamoqda.

“Facebook”ning barcha foydalanuvchilariga taalluqli qoidalar ta’sir kuchiga ega shaxslarga ham tegishlidir. Nufuzli foydalanuvchilarni alohida qoidalar to'plamiga qarab baholash to’g’ri emas”, - deydi “Facebook” so’zlovchisi Deks Xanter-Torrik.

Tramp sahifasiga doir so’nggi qaror aynan qanday qoidalarga asoslangani mavhum bo’lib qo’lmoqda. Ba’zilar buni texnologik kompaniyalarning internetda so’z erkinligiga senzurasi sifatida ko’rmoqda.

Jurnalistlar, faollar va huquqshunoslardan iborat 20 kishilik nazorat kengashi yanvar boshida Vashingtonda Kapitoliyga hujum ketidan Tramp sahifasini bloklash qarori to’g’ri bo’lganini aytadi, biroq taqiqning doimiy bo’lishiga qarshi. Kengash “Facebook”ga olti oyda yakuniy qaror chiqarishni tavsiya qildi.

AQShda konservativ qonunchilar “Facebook”ning bu qarorini qoraladi, boshqalar esa taqiqni doimiy qilishga chaqirmoqda. Trampning o’zi qarorni izohlamadi, biroq yangi ochilgan sahifasida texnologik kompaniyalarni tanqid qildi.

Nazorat kengashidagi ayrimlarning aytishicha, davlat rahbarlari xato va qarama-qarshi postlar qo’ysa-da, umumiy qoidalardan mustasno bo’lishi kerak.