Vashington choyxonasi: Tramp hukumatga kimlarni olib kelyapti?

  • Amerika Ovozi

Donald Tramp

"Amerika Ovozi"da yangi video dastur boshladik: Vashington choyxonasi.

Ushbu yangi ruknda biz poytaxt Vashingtondan turib Amerika ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan eng so’nggi voqealar haqida fikr yuritamiz. Choyxona deyilishiga sabab, biz bu voqealar haqida norasmiy muloqot qilamiz.

Ya’ni, bo’lib o’tayotgan voqealar haqida matbuot nima deyapti, bu yangiliklarning dunyoga ta'siri qanday, mana shular haqida bir piyola choy ustida dildan suhbat quramiz.

Haftaning eng muhim voqeasi hozir, shak-shubhasiz, Donald Tramp. AQSh prezidenti etib saylangan respublikachi milliarder hozir hukumat uchun o’ziga jamoa yig’ish bilan band.

Bilamiz, Amerikada prezident nafaqat Oq uyga, balki turli vazirlik va agentliklarga ham ko’plab odamlarni tayinlashi kerak. Tramp esa hech qachon ilgari hukumat idorasida ishlamagan va bu borada hech qanday tajribaga ega emas. Trampning hukumat tuzish jarayoni haqida Amerika matbuoti nima deyapti? Tramp hukumati haqida bildirilayotgan xavotirlar va umidlar qanchalik asosli?

"Vashingon choyxonasi"ning ilk sonida shu haqda suhbatlashdik. Quyida videoni tomosha qiling:

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Tramp hukumatida kimlar bor?