Tramp: Suriyadan qo’shinlarni chiqarish vaqti keldi

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Suriyadan qo’shinlarni chiqarish vaqti keldi, demoqda. Biroq Amerikaning ayrim hamkorlari “Islomiy davlat” jangari to’dasi hali yengilmaganini, qo’shinlarni chiqarishga erta ekanini aytmoqda.

“Askarlarimizni vataniga qaytarmoqchiman. Mamlakatimizni qayta qurishimiz kerak. 17 yilda Yaqin Sharqda yetti trillion dollar sarfladik va buning evaziga hech narsaga ega bo’lmadik”, - dedi Tramp.

Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat”ga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi, ammo endi qo’shinlarni Suriyadan chiqarish kerak.

Biroq Amerikaning kurd va iroqlik hamkorlari Daish hali ham faol, tahdid ekanini ta’kidlamoqda. Trampning aytishicha, agar Saudiya Arabistoni AQSh qo’shinlari qolishini istasa, ularning xarajatini ko’tarishi kerak.