Turkiya bosh vaziri saylovdan so'ng iste'fo berdi

  • Amerika Ovozi

Dovuto'g'li parlament saylovlarida ovoz beryapati. 7-iyun, 2015-yil.

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto'g'li ishdan ketish haqida arizasini prezidentga topshirgan.

Mamlakatda "Adolat va taraqqiyot" partiyasi 13 yillik hukmronlik ketidan saylovlarda parlamentdagi ko'pchilikni qo'ldan boy berdi. "Adolat va taraqqiyot" partiyasi yakshanba kungi mag'lubiyat ortidan kichikroq partiyalar bilan koalitsiya tuzishi kerak bo'ladi.

Yangi hukumat tarkibi aniq bo'lgunicha Dovuto'g'li ishini davom ettiradi.

Saylovda qo'li baland kelgan muxolif kichik partiyalar yetakchilari Prezident Rajap Toyib Erdog'an bilan ishlamoqchi emasligini aytmoqda.

Qo'shma Shtatlar esa Turkiyadagi yangi rahbariyat bilan hamkorlikka shay.

NATO vakili Turkiya Amerikaning ittifoqchisi, deydi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest. Siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik bobida yaqin hamkorlikni davom ettirish qarorimiz qat'iy, deydi u.

Amerika Turkiyaning Iroq va Suriyaga ajnabiy jangchilarni kiritmaslik yo'lidagi sa'y-harakatlarini olqishlayapti. Biroq Vashington nazarida Anqara ko'proq ish qilishi mumkin.