Turkiya, Yevropa qochqinlar yuzasidan majlis qilayapti

  • Amerika Ovozi

Germaniyadagi qochoqlar

Turkiya va Yevropa Ittifoqi mulozimlari bugun, yakshanba kuni ko'rishib, muhojir va qochqinlar oqimiga javob choralarini muhokama qilmoqda.

Turkiyaga 3.2 milliard dollar yordam puli ajratish haqida bitim imzolanishi kutilayapti.

Turkiyada hozirning o'zida Suriyadagi fuqarolar urushidan qochgan millionlab odamlar jon saqlamoqda.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Turkiyaga muhojirlar kirishini cheklash, himoyaga muhtoj bo'lmaganlarni qaytarib yuborish ham muhokamada.

Yevropaga oqib kelayotgan muhojirlarning ko'pi Turkiya orqali o'tmoqda.

Shuningdek, tomonlar dekabrda Turkiyani 28 a'zolik ittifoqqa qabul qilishga doir muzokarani davom ettirmoqchi.

Turkiya 1997-yilda ittifoqqa kirishga tayyor deya e'lon qilingan, jarayon rasman 2005-yilda boshlangan, biroq hanuz bir natija yo'q.