AQSh Turkiyadan "Patriot" mudofaa sistemasini chiqaradi

  • Amerika Ovozi

"Patriot" sistemasi

Qo'shma Shtatlar Turkiyada o'rnatilgan "Patriot" rusumidagi havo mudofaa tizimini oktabr oyida shartnoma muddati tugaganidan so'ng mamlakatdan chiqarmoqchi.

"Patriot"ning ikki batareyasi Turkiyani Suriyaning ehtimoliy havo hujumlaridan himoya qilish uchun 2013-yilda o'rnatilgan edi, ammo biror marta qo'llanilmagan.

Pentagon matbuot kotibi kapitan Jeff Deyvisning aytishicha, bugunga kelib, Suriya harbiy salohiyati ancha zaiflashgan.

“Assad rejimi holsizlanmoqda, raketalarining aksariyati mamlakat ichidagi nishonlarga sarflanmoqda", - deydi Deyvis.

Suriya armiyasi mahalliy isyonchilar va "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilar ekan, o'q-dorilari oz qolmoqda. Pentagon, zarur bo'lsa, Turkiyani O'rta Yer dengizidagi harbiy kemalaridan turib himoya qilishini bildirmoqda.

“AQSh mudofaa tizimi oktabr oyida Turkiyadan chiqariladi", - deydi Pentagon vakili.