Erdog’an namoyishlarni shu ondayoq tugatishni talab qildi

  • Amerika Ovozi
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyip Erdog’an hukumatga qarshi namoyishlarni zudlik bilan to’xtatishga chaqirmoqda.

“Nima qilsak, demokratiya doirasida qilamiz. Nima ish boshlasak, qonun asosida bajaramiz.

“Biz 76 million fuqaromiz va boshqa har qanday usullarni noqonuniy deya rad qilamiz”, - dedi Erdog’an.

Shimoliy Afrika safaridan qaytgan bosh vazirni yurtida minglab tarafdorlari olqishlar bilan kutib olgan.

Bir haftadirki, Turkiya namoyishlar domida. Avvaliga Istanbuldagi parkning buzilishidan norozilar boshlagan yig’in tez orada hukumatga qarshi g’alayon tusini olgan.

Tanqidchilar nazarida Erdog’an o’zining islomiy qarashlarini targ’ib qilib, avtoritar rahbarga aylanib borayapti.

Politsiya va namoyishchilar o’rtasidagi to’qnashuvlar ikki odamni hayotdan olib ketdi. Minglab fuqarolar jarohatlangan va yana minglab odamlar hibsda.

Hukumat kuch ishlatgani uchun xalqdan kechirim so’ragan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1673909&w=640&h=506&skin=embeded