Turkiyada fitnada ayblangan arboblarga jazo belgilandi

  • Amerika Ovozi

Turkiyada hukumatga qarshi fitnada aybdor deb topilgan qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari general Ilker Boshbug’ 2013-yil 5-avgust kuni umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

Turkiyada hukumatga qarshi fitnada ayblanib sud qilingan qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari general Ilker Boshbug’ umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu ish bo’yicha sudlangan yana bir necha o’n kishiga turli muddatli qamoq jazolari belgilandi.

Istanbul yaqinida joylashgan Silivri shahridagi sud binosi xavfsizlik kuchlari tomonidan qattiq nazorat qilindi.

Jami Rajab Erdog’an hukumatiga qarshi fitnada 250 odam ayblangan. Ular orasida parlamentning amaldagi uch a’zosi ham bor. Besh yil davom etgan sud yakunida 21 kishi ozod etildi. Ayblanuvchilar orasida harbiylar, siyosatchilar, olimlar va jurnalistlar bor.

Jarayon tanqidchilariga ko’ra, hukumat bu bilan o’z raqiblari va muxolifatni qo’rqitmoqchi. AQSh va xalqaro jamoatchilik ayblanuvchilar suddan oldin hibsda haddan tashqari uzoq vaqt saqlanganidan xavotir bildirgan.