Ukraina va Rossiya o'rtasida havo qatnovi to'xtadi

  • Amerika Ovozi

Kechadan boshlab Rossiya va Ukraina o'rtasida havo qatnovi to'xtatildi. Kiyev bu haqda o'tgan oy e'lon qilgan. Rossiyani bosqinchilikda ayblayotgan Ukrainaga ko'ra, bu chora Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyadir. Biroq Rossiyaning ma'lum qilishicha, ikki davlat o'rtasida asosan ukrainlar bordi-keldi qiladi, endi ularga qiyin bo'ladi.

Kecha Moskva tashabbusi bilan ikki mamlakat rasmiylari muzokara qilgan, ammo natijasiz.

Har oy 70 ming yo'lovchi samolyotda uchar edi. Endi ular manzilga uchinchi mamlakat orqali borishga harakat qiladi. Bu esa ham qimmat, ham vaqt oladi.

Bu o'rtada Ukrainada parlament va mahalliy saylovlar o'tkazilmoqda. Kecha Mariupolda ba'zi sabablarga ko'ra saylov bo'lmadi, keyingi oyga qoldirildi.

Prezident Petro Poroshenkoning "Birdamlik" partiyasiga ko'ra, Mariupolda saylov qutilari puxta tayyorlanmadi, byulletenlarni saqlash uchun xavfsiz joy hozirlanmadi, ularni bosmadan chiqarish nazorat etilmadi.

Poroshenko voqeani izchil tergov qilishga chaqirdi.