Ukrainada armiya va ayirmachilar og'ir bombalarni ishlatgan

  • Amerika Ovozi

Donetsk, Ukraina

Amerikada asoslangan inson huquqlari tashkilotining bildirishicha, Ukraina sharqida ham armiya, ham ayirmachilar shu yilning yanvar va fevral oylarida ichiga temir-tersak to'ldirilgan bombalarni ishlatgan.

Natijada kamida 13 odam, jumladan, ikki bola o'lgan.

"Human Rights Watch" tashkilotining ogohlantirishicha, taraflar bu kabi qurollarni qo'llagani uchun harbiy jinoyatlar aybi bilan yuzlashishi mumkin.

Tashkilot Ukraina sharqida 10 kunlik tekshiruv natijalariga asoslanadi.

"Human Rights Watch"ning aniqlashicha, ikki oy davomida kamida yetti qishloq va shaharda mana shunday qo'rqinchli qurollardan foydalanilgan.

Ukraina sharqidagi bugungi manzara

Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini tinchlik sulhini buzganlikda ayblamoqda