Ukrainada Zelenskiy g'olib, Poroshenko mag'lubiyatini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Ukrainada prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida Vladimir Zelenskiy salmoqli g'alabaga erishib, amaldagi rahbar Petro Poroshenkoni dog'da qoldirdi.

Ekzitpol raqamlariga ko'ra, shoumen, qiziqchi, aktyor Zelenskiy 73 foiz, Poroshenko esa 25 foiz ovoz to'plagan. Poroshenko mag'lubiyatini tan olib, Zelenskiyni tabrikalb qo'yishini aytdi.

G'olib tarafdorlariga ham, raqibiga ovoz bergan odamlarga ham minnatdorchilik bildirib, ularni afsuslantirmaslikka so'z berdi.

"Mening g'alabam xalqni birlashtirdi", - dedi u.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Ukraina xalqi o'zgarishlarga ovoz bergani aytiladi.

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara boshlab, sharqdagi urushga chek qo'yish ustuvor vazifasi ekanini bildirdi.