Kiyevdagi to'polonda muxolifat lideri jarohatlangan

  • Amerika Ovozi

Yuriy Lutsenko kasalxonaga olib ketilmoqda, 10-yanvar, 2014

Kiyevda Yevropa tarafdorlari va Rossiya bilan yaqinlikni ma’qul ko’ruvchi fuqarolar orasida kechgan qonli to’qnashuvda Ukraina sobiq ichki ishlar vaziri va muxolifat yetakchisi Yuriy Lutsenko boshidan qattiq jarohatlangan va kasalxonaga yetkazilgan.

Kecha Kiyevda uch kishi 2011-yilda Sovet Ittifoqi asoschisi Vladimir Leninning haykalini portlatishni rejalaganlikda ayblanib olti yillik qamoq jazosiga mahkum etilgach, muxolifat qarshilik bildirib, to’polonlar boshlanib ketgan.

O’tgan yilning noyabr oyidan beri Ukrainada muxolifat va hukumat orasida kelishmovchilik avjida chiqib, deyarli har kuni namoyishlar.

Oppozitsiya Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy shartnoma imzolab, hamkorlikni oshirishni talab qilsa, prezident Viktor Yanukovich bunga shoshmayapti. Uning fikricha Rossiya bilan yaqinlik mamlakatga ko’proq foyda keltirishi mumkin.