Ukrainada muvaqqat prezident tayinlandi

  • Amerika Ovozi

Ukraina parlamenti Oliy Rada

Ukrainada prezident Viktor Yanukovich poytaxt Kiyevni tark etgandan so’ng parlament uni lavozimidan olishga qaror qilib, muvaqqat prezidentni tayinladi. Radaga spiker etib tayinlangan Oleksandr Turchinov vaqtincha davlat rahbari ishlarini ham bajarib turadi.

Yanukovichning g’oyib bo’lishidan oldin aytishicha, u Radaning noqonuniy qarorlarini tan olmaydi, mamlakatda davlat to’ntarishi bo’lgan. Qo’shma Shtatlar inqilobni davlat to’ntarishi sifatida tan olishdan bosh tortdi.

Yanukoviching parlamentdagi Regionlar partiyasi fraksiyasi qonunchilari uni xoinlikda ayblab, Kiyevdagi zo’ravonliklarda mas’ul tutdi.

Bu o’rtada qamoqda ikki yarim yil o’tirgan sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko ozod etilib, 25-mayga belgilangan prezident saylovlarida nomzodini qo’yishini bildirdi.

Parlament hozirda yangi hukumat tuzish va oldin qabul qilingan qonunlarni qayta ko’rib chiqish bilan ovora.