Ukraina sharqida aksilterror amaliyot jonlandi

  • Amerika Ovozi
Ukraina muvaqqat hukumati mamlakat sharqida rossiyaparast kuchlarga qarshi amaliyotni davom ettirishni buyurdi. Aksilterror operatsiya pasxa munosabati bilan to’xtatilgan edi. Qo’shni Rossiya sharqda qon to’kilsa, chora ko’rishini aytmoqda.

Ukraina bosh vazirining birinchi o’rinbosari Vitaliy Yaremaga ko’ra, Rossiya hujum qilsa, Qo’shma Shtatlar Ukrainani yolg’iz qoldirmaslikka so’z bergan. Kecha Kiyevda AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bo’lib, Ukrainaga texnik yordam sifatida 50 million dollar va’da qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukraina Jenevadagi muzokaralar chog’ida erishilgan kelishuv shartlarini bajarmayapti. Agar Ukraina sharqidagi rus aholi hujumga uchrasa, Rossiya jim turmaydi, dedi u. Lavrov 2008-yilgi Gruziya bilan Janubiy Osetiyadagi urushni eslatdi.

Pentagon Polsha va Boltiq bo’yidagi uch davlatga jami 600 qo’shin yuborishini ma’lum qildi.