Donbassda xavfsizlikni yaxshilashga kelishib olindi

  • Amerika Ovozi

Chapdan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan Frank Ero, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayer Berlinda ko'rishdi.

Germaniya Fransiya, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Donbass mintaqasida xavfsizlikni yaxshilashga kelishib oldi, ammo siyosiy jarayonda oldinga siljish yo’q.

Ukrainaning bu qismini, ma’lumki, rossiyaparast bo’lginchilar nazorat qiladi. Iyul oxirida Yevropaning Rossiyaga qo’ygan sanksiyalari uzaytirilishi yoki bekor qilinishi kerak.

Berlinda majlis qilgan to’rt davlat vazirlari bir qarorga keladi, deya umid qilingan edi.

Xavfsizliknin yaxshilash bobida progress bor, lekin siyosiy jarayon to’xtab qolgan, deya bayon qildi Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer.

Shunday bo’lsa-da, Moskva va Kiyev sulhni davom ettirish uchun birga ishlayotganidan mamnunmiz, deydi u.

Ukraina hukumati va separatistlar sulh kelishuvini 2015-yilda imzolagan edi. Uning asosiy shartlari bajarilganicha yo’q, dedi Germaniya vaziri.