Ukraina sharqida bronetransportyorda ketayotgan yetti harbiy halok bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Donetsk shahri, Ukraina

Ukraina sharqida hukumat kuchlari va isyonchilar o'rtasidagi to'qnashuvlarda 12 odam halok bo'lgan. Voqea Donetsk shahrida ro'y bergan. Ukraina askarlari ketayotgan bronetransportyorga snaryad tegib, to'qqiz nafar harbiy nobud bo'lgan. Yana uch odam isyonchilar nazoratidagi shaharda o'lgan, 32 kishi jarohat olgan.

Sulhga qaramay, ba'zi joylarda o'q ovozlari eshitilmoqda. Ukrainada aprel oyida fuqarolar urushi boshlanganidan beri kamida 3500 odam qurbon bo'lgan.

Sharqdagi Xarkov shahrida esa millatchi guruhlar Vladimir Lenin haykalini vayron qilgan. Militsiya aralashmagan. So'nggi bir yilda mamlakat bo'ylab Leninning 160 dan ziyod haykallari olib tashlandi.

AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga umid bor. Obama NATO va Rossiya o'rtasida urush ehtimolini inkor etdi.