BMT rahbari davlatlardan ayollarni himoya qilishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Ruminiyada ayollar oiladagi zo'ravonliklarga qarshi namoyish qilmoqda. Buxarest, 25-noyabr, 2011-yil.

Bugun Dunyoda ayollarga qarshi zo’ravonliklarni bartaraf etish kuni. Bu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1999-yilda qabul qilingan.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bayonot chiqarib, hukumatlarni xotin-qizlarga qarshi zulmning barcha ko’rinishlarini yo’qotishga bergan va’dalarining ustidan chiqishga chaqirgan. Jabrdiyda ayollar emas, balki ularni shu ko’yga solganlar qo’rqsin, deyiladi bosh kotib murojaatida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hukumatlardan bu borada ayollar himoyasiga qaratilgan yangi siyosat ishlab chiqishni so’ragan.

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Ketrin Eshtonning aytishicha, ayollarga qarshi zo’ravonliklar inson huquqlarining eng keng tarqalgan formasidir.

BMTga ko’ra, 125 davlatda oilada zo’ravonliklar uchun jazo belgilangan. Ammo boshqa mamlakatlarda oilada ayolga qarshi zulm jinoyat deya ko’rilmaydi va natijada ularda yashovchi jami 600 million ayolning 70 foizi muntazam ravishda jismoniy yoki jinsiy tajovuzga uchraydi.