Afg’onistonda ko’knor yetishtirish rekord darajada

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonda ko’knor yetishtirish 2013-yilda rekord darajaga yetdi, vaholanki AQSh so’nggi 10 yil ichida bu amaliyotga qarshi kurash uchun 7 milliard dollar sarflagan.

AQShning Afg’onistonda qayta tiklash ishlari bo’yicha maxsus bosh inspektori hisobotiga ko’ra, afg’on dehqonlari 2013-yilda 209 000 gektar yerda ko’knor ekkan. Bu 2007-yilgi rekorddan ham ko’proq (193 000 ga).

Hisobotga ko’ra, buning sababi - Afg’oniston cho’llarida ham chuqur quduqlar qazish imkonini bergan yangi texnologiya. Natijada mamlakat janubi-g’arbidagi 200 ming gektar dasht so’nggi 10 yil ichida hosildor yerga aylantirildi.

Qoradorining jahon bozorlaridagi narxi baland. Afg’onistonda qashshoqlar ko’p. Bu ikki omil odamlarni geroin ishlab chiqariladigan mahsulot yetishtirishga majbur qildi.

Hisobotda, shuningdek, AQSh narkotiklarga qarshi kurashga turli loyihalar orqali qariyb 7,6 milliard dollar sarflagani aytiladi. Mablag’ni Mudofaa vazirligi, Davlat departamenti va AQSh Narkotiklarga qarshi kurash agentligi ajratgan. Bosh inspektor o'z hisobotida AQSh hukumatiga kelajakda bu yordamni ko'rib chiqishni tavsiya qiladi.