Liviyada Al-Qoidaning yetakchi agenti qo'lga olindi

  • Amerika Ovozi

AQSh maxsus kuchlari

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Amerikaning Afrikada Al-Qoidaga qarshi o’tkazgan ikki amaliyoti Qo’shma Shtatlar terrorchilarni jazolash harakatlaridan voz kechmasligini namoyish etmoqda.

Al-Qoida jangarilari qochishi mumkin, biroq yashirina olmaydi, dedi Kerri.

Pentagon rasmiylarining bildirishicha, AQSh maxsus kuchlari shanba kuni Liviyadagi reyd chog’ida Al-Qoidaning ko’zga ko’ringan a’zosini qo’lga olgan. Abu Anas al-Libiyga qarshi rejani prezident Barak Obama tasdiqlagan. Amaliyot paytida AQSh harbiylariga shikast yetmagan.

Libiy Amerika sudi tomonidan 1998-yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalariga qarshi xurujlarda ayblanmoqda. Qo’shaloq xurujda 250 dan ziyod odam o’lgan edi.

AQSh maxsus kuchlari Somalida ham operatsiya o’tkazib, Al-Qoidaga aloqador Al-Shabab jangari guruhi bilan otishmada bir nechtasini o’ldirgan, ammo uning rahbarini qo’lga ololmagan.

AQSh rasmiysiga ko’ra, Al-Shabab o’tgan oy Keniya poytaxti Nayrobidagi savdo markazida odamlarni garovga olib, 60 dan ziyodini o’ldirgach, Qo’shma Shtatlar guruhga qarshi amaliyot rejalagan.