Amerika Xitoyga umumiy maqsadlarni eslatmoqda

  • Amerika Ovozi

General Rey Odiyerno, Xitoy harbiy komissiyasi vitse-prezidenti Fan Changlong Pekinda ko'rishayapti. 21-fevral, 2014-yil.

Amerika qurolli kuchlar bosh shtati rahbari Rey Odierno Xitoyda generallar bilan ko’rishar ekan, umumiy maqsadlar mo’l ekanini eslatdi.

Generalni Pekinda, Xitoy Mudofaa vazirligida hurmat bilan kutib olishgan.

Uning tashrifi Xitoy qo’shni davlatlar bilan tabiiy zaxiralarga boy orollarni talashib qolgan, o’rtada qattiq tanqidlar yangrayotgan paytga to’g’ri keldi. Qo’shnilar Xitoyni agressiv xatti-harakatda ayblamoqda.

Rey Odierno dialog zaruratini, mintaqaviy va xalqaro muammolarni bosiqlik bilan muhokama qilish ahamiyatini eslatdi.

Xitoy generali Vang Ning nazarida ham harbiylar yuzma-yuz gaplashib olishi Vashington-Pekin aloqalari uchun muhim.

Garchi ikki tomon hamkorlik haqida gapirsa-da, ziddiyat va gumonlar tobora kuchayib borayapti.

Amerika, xususan, Xitoydan Janubiy Xitoy dengiziga mutlaq da’vogarlik hissini qayta ko’rib chiqishni, qo’shni davlatlar talablari bilan hisoblashishni so’rayapti.

Bundan tashqari, Pekin Sharqiy Xitoy dengizi uzra havo mudofaasi zonasini e’lon qilgan va unga ko’ra, har qanday davlat hududdan o’tmoqchi bo’lsa, avval ruxsat so’rashi kerak.

Shunga qaramay, Amerika va uning ittifoqchilari bo’lmish Yaponiya va Janubiy Koreya samolyotlari bu hudud uzra qatnashda davom etayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Osiyoga e'tiborni oshirmoqda - US Asia Pivot