AQSh xorijga harbiy dronlar sotmoqchi

  • Amerika Ovozi

Dron - uchuvchisiz boshqariladigan samolyot

Obama ma'muriyati jahon bo'ylab terrorizmga qarshi kurash doirasida ittifoqchi davlatlarga harbiy dronlarni sotishga qaror qildi.

Davlat departamentiga ko'ra, uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarni sotib olmoqchi bo'lgan davlatlar ma'lum talablarga rioya qilishi kerak bo'ladi. Xususan, AQSh ularning qanday maqsadda ishlatilishini nazorat qilish imkoniga ega bo'lishi, dronlar aholiga qarshi yoki aholi ustidan noqonuniy kuzatuv uchun ishlatilmasligi lozim, deydi rasmiylar.

Dronlar qaysi mamlakatlarga sotilishi haqida ma'lumot berilmayapti.

Qo'shma Shtatlar ayni damda dronlardan Pokiston, Afg'oniston, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlarda terrorchilarni nishonga olishda foydalanadi.