Ebola bilan olishgan Amerika askarlari uyga qaytadi

  • Amerika Ovozi

Prezident bugun Ebola epidemiyasi bilan olishish uchun G'arbiy Afrikaga safarbar etilgan harbiylarni vatanga qaytarish rejasini e'lon qiladi.

Prezident Barak Obama bugun Ebola epidemiyasi bilan olishish uchun G'arbiy Afrikaga safarbar etilgan harbiylarni vatanga qaytarish rejasini e'lon qiladi.

AQSh bu amaliyotlar muvaffaqiyatli kechganini e'tirof etayapti.

Liberiya, Senegalda ishlayotgan 1300 amerikalik askar apreldan boshlab uyga qaytadi. Epidemiyani jilovlashni uddaladik, deydi rasmiylar.

G'arbiy Afrikada taxminan 100 harbiy qolishi, Liberiya armiyasi bilan ishlashda davom etishi kutilmoqda.

Ebola o'tgan bir yilda qariyb 9 ming odamni hayotdan olib ketdi.

Biroq Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kasallikni butunlay yengish uchun hali qilinadigan ishlar bor, deydi.

Ebolaga qarshi global kurash