AQSh mustaqilligining 241 yilligini nishonladi

  • Amerika Ovozi

Mustaqillik kuni

Qo'shma Shtatlar o'z mustaqilligining 241 yilligini nishonlayapti. Prezident Donald Tramp yurtdoshlarini bu ayyom bilan qutladi.

Millionlab amerikaliklar mamlakat bo'ylab parad va tomoshalarga chiqdi. Bu sanani odatda oilaviy davrada nishonlashadi. Qay yonga qaramang, Amerika bayrog’ining ranglarini ko’rasiz - qizil, oq va ko’k.

1776-yilning 4-iyulida 13 koloniya Britaniya iznidan chiqayotganini bayon etib, Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan. Bu hujjat Qo'shma Shtatlarning uchinchi Prezidenti Tomas Jefferson tomonidan bitilgan bo'lib, konstitutsiya bilan teng ko'riladi.

AQSh mustaqillik deklaratsiyasi va madhiyasi:

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh mustaqillik deklaratsiyasi va madhiyasi - America's documents