AQSh "Islomiy davlat"ning yirik vakilini yo'q qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh Tariq al-Harziy haqida ma'lumot uchun 3 million dollar mukofot va'da qilgan edi.

Pentagonning bildirishicha, Suriyada AQShning havo hujumida "Islomiy davlat" to'dasining yirik a'zosi yo'q qilingan.

Tariq bin Tahar al-Avni al-Harziy jangarilar uchun moliya jamg'arishda jonbozlik ko'rsatgan.

U, shuningdek, ajnabiy jangchilarni yollashga bosh-qosh bo'lib, Davlat departamenti uni "xudkush terrorchilarning amiri" deya ta'riflagan.

Pentagon matbuot kotibi, kapitan Jeff Deyvisning aytishicha, al-Harziy 16-iyun kuni Shaddodiy shahrida o'ldirilgan. Uning o'limi "Islomiy davlat"ning ajnabiy jangarilarni yollash salohiyatiga jiddiy zarbadir, deydi u.

AQSh rasmiylari o'tgan yilning kuzida al-Harziyni terrorchilar ro'yxatiga kiritgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" qanchalik islomiy?

Your browser doesn’t support HTML5

Terror xurujlari - "Islomiy davlat" va "Boko Haram"