Pxenyan raketalarini jangovar tayyorgarlik holatidan qaytardi

  • Amerika Ovozi

Prezidentlar Pak Gin Xe, Barak Obama Oq Uyda

AQSh rasmiylarining aytishicha, Shimoliy Koreya ikki raketani jangovar tayyorgarlik holatidan qaytargan.

Pxenyan shu tariqa Koreya yarimorolida ziddiyatni yumshatishga urinayotgan ko’rinadi.

Ismini oshkor etmaslikni so’ragan Vashington mudofaa mulozimlari so’zlariga ko’ra, “Musudan” rusumidagi raketalar yaqinda sohilbo’yidan mamlakat sharqiga ko’chirilgan.

Bu raketalar 3500 kilometr masofani bosib o’tib, regiondagi Amerikaga qarashli obyektlarni nishonga olishi mumkin.

Sal oldin Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi yadro va raketa qurollarini qo’llashini aytib po’pisa qilgan edi.

Bu orada Janubiy Koreya rahbari Pan Gin Xe bugun Vashingtonda prezident Barak Obama bilan ko’rishgan.

Tomonlar asosan Pxenyan haqida gaplashgan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1656063&w=640&h=506&skin=embeded