AQSh 100 dollarlik yangi pulni muomalaga chiqardi

  • Amerika Ovozi

100 dollarlik banknotasining yangi ko'rinishi

AQSh bugun 100 dollarlik yangi qog’oz pulni muomalaga chiqarmoqda. Mazkur pul an’anaviy bezaklarga ega bo’lishi bilan birga, soxtalashtirishning oldini olishga qaratilgan yangi xavfsizlik belgilariga ega.

AQShning 100 dollarlik puli xalqaro bozorda eng ko’p qo’llaniladigan valyuta hisoblanadi. Vashington chop etadigan 8 milliarddan ko’proq 100 dollarlik pullarning uchdan ikki qismi AQShning tashqarisida ishlatiladi.

Yashilga moyil rang ustida ikki asr muqaddam AQSh inqilobiga yetakchilik qilgan Benjamin Franklinning surati aks etgan. Qog’ozning ikkinchi tomoniga esa Fiadelfiya shahri yaqinidagi Mustaqillik zalining rasmi tushirilgan.

Burchaklarda 100 raqami sarg’ish rangda ko’zga tashlansa, Franklin surati yaqinida bronza rangi bilan siyohdon va pat-qalam aks ettirilgan. Siyohdon ichiga Filadelfiya Ozodlik qo’ng’irog’ining surati joylashtirilgan. Turli burchakdan qaraganda, u rangini o’zgartirish xususiyatiga ega. Shuningdek, Franklin yuzi yaqinidan ko’ndalangiga havorang xavfsizlik chizig’I tortilgan. Bu chiziqda ham 100 raqami va Ozodlik qo’ng’irog’i ko’k rangda o’z ifodasini topgan.

Rasmiylarnng aytishicha, yangi 100 dollarlik banknotasi soxta pullarning oldini olishni kuchaytirish maqsadida muomalaga chiqarilmoqda. Ayni paytda eski dizayndagi pullar ham ishlatilishda davom etadi.

AQSh so’nggi 10 yil ichida 1 va 2 dollarlik pullardan tashqari, boshqa barcha qog’oz pullarini yangi ko’rinishda qayta chop etgan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=vid&id=1765153&w=640&h=363&skin=embeded